Grantlar

«UniSat - orzularingizni amalga oshiring» STEM-dasturi

UniSat - qizlar uchun nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uchirish bo‘yicha STEM-dastur

323 ko'rish

«UniSat - orzularingizni amalga oshiring» STEM-dasturi

Hurmatli qizlar, UniSat — Launch your dreams dasturi sizlarni yangi xalqaro loyihaga taklif etadi.

UniSat dasturining ishtirokchi qizlari uchun jahonning eng ilg‘or texnologik universitetlarining eshiklari ochiladi. Siz NASA professorlari va muhandislari, Rossiya Kosmik tadqiqotlar agentligi, Qozog‘iston va O‘zbekiston olimlari bilan bir jamoada bo‘lasiz.

Unisat — bu O‘zbekiston qizlari uchun o‘z yo‘lini topish, o‘z hayotini o‘zgartirish va o‘z kuchlarini fan va ilg‘or texnologiyalarda sinab ko‘rish uchun noyob imkoniyat.

UniSat dasturi o‘zi nima?

UniSat — bu UNICEF O‘zbekiston, Tech4impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi.

UniSat missiyasi — qizlarda jamoada ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bu ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari orasida texnologik sohalarda gender masalasiga jalb qilish dasturi.

Qanday qilib UniSat dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin?
Dasturda O‘zbekistonning istalgan hududidan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishi mumkin. Maxsus ma’lumot va ko‘nikmalar talab qilinmaydi.

Nimalarni o‘rganasiz?

  • Jamoani shakllantirish va vaqtni rejalashtirish;
  • Yo‘ldoshning dastlabki dizayniga va 3D modellashtirishga kirish;
  • Dasturiy ta’minot integratsiyasi va uskunalarni yig‘ish;
  • UniSat nanoyo‘ldoshini loyihalashtirish va ishlab chiqishga muhandislik yondashuvi;
  • UNISAT tomonidan qo‘llanadigan Yevropa kosmik sanoat standarti (ECSS);
  • Ma’lumotlar tahlili va boshqa ko‘plab qiziqarli fanlar

Siz bosma platalar, elektr texnikasi, kosmik injeneriya, buyumlar interneti va simsiz aloqa haqida bilimlarga ega bo‘lasiz.

Siz o‘zingiz parvoz rejasini tuzasiz va O‘zbekistondagi maydondan o‘z nanoyo‘ldoshingizni aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislari nazorati ostida uchirasiz. Butun dunyo bo‘ylab barcha kosmos ishqibozlari uchun ushbu ulkan voqeaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi olib boriladi. Jamoamizning bir qismiga aylaning, shunda O‘zbekiston kosmik tarixining bir qismiga aylanasiz!

Ta’lim moduli uchta komponentdan tashkil topgan:

VEBINARLAR:

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar;
  • Fan va texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi muvaffaqiyatli ayollar bilan uchrashuvlar;
  • Jahon kosmik agentliklarining kosmonavtlari va muhandislari bilan onlayn uchrashuvlar;
  • Savollar va javoblar sessiyalari.

KURSLAR:

  • Onlayn materiallardan foydalanish;
  • Bosma platalarni loyihalashtirish;
  • 3D modellashtirish;
  • Elektr texnikasi;
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
  • Buyumlar interneti va boshqa fanlar

AMALIYOT:

  • Uskunani yig‘ish;
  • Uskunani testdan o‘tkazish;
  • Apparatli instrument va DT integratsiyasi;
  • Parvoz rejasi;
  • Simsiz aloqani sozlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu ariza shaklini to‘ldiring.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish