Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Dunyodagi eng o‘qimishli davlatlar reytingi e’lon qilindi

27-fevral 05:20
Dunyodagi eng o‘qimishli davlatlar reytingi e’lon qilindi

Eng o‘qimishli davlatlar reytingi e’lon qilindi

Dunyoda oliy ma’lumotli aholining ulushi bo‘yicha yetakchi davlat Janubiy Koreya bo‘lib, bu mamlakatda aholining 69,29 foizi oliy ta’limni tamomlagan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Top-10 eng o‘qimishli davlatlar:

1️⃣ Janubiy Koreya – 69,29%

2️⃣ Kanada – 66,36%

3️⃣ Yaponiya – 64,81%

4️⃣ Lyuksemburg – 63,12%

5️⃣ Irlandiya – 62,88%

6️⃣ Rossiya – 62,09%

7️⃣ Litva – 57,48%

8️⃣ Buyuk Britaniya – 57,47%

9️⃣ Niderlandiya – 55,60%

🔟 Norvegiya – 55,03%

Visevoter tahlilchilariga ko‘ra, ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega:

Yaxshi moliyalashtirilgan ta’lim dasturlari

Jahon darajasidagi universitetlarning mavjudligi

Ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilishi

O‘zbekiston ushbu reytingga kirishi mumkinmi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, hali bu ro‘yxatdan joy olmagan. Ta’lim tizimiga kiritilayotgan islohotlar natijasida kelajakda O‘zbekiston ham ushbu reytingga kirishi mumkin.