O‘quvchilarning oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkinligi haqidagi xabarlar yolg‘on
25.02.2023 19:43

Hozirgi kunda Registon o'quv markazida 350 ortiq professional mutaxasis repetitorlar faoliyat yuritishmoqda.– Registon o‘quv markazi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin” degan xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu feyk ekanini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan, ya’ni maktab yoshidan o‘tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berishi bilan bog‘liq xabar noto‘g‘ri talqin qilingan,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.
Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q va ularga tatbiq etilmaydi”, – deyiladi vazirlik munosabatida.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
2022-2023 o‘quv yilida maktablarda 9-sinf o‘quvchilari ham, 11-sinf o‘quvchilari ham 6 ta fandan imtixon topshiradi
17.03.2023 00:51
1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan barcha maktab darsliklarining PDF elektron variantini yuklab oling
15.03.2023 23:49
2023-yilgi imtihonlarda mantiqiy fikrlashga doir savollar tushadi!
12.03.2023 16:33