Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

20-aprel 19:23
Endi texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti.

Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng.