Esse qanday yoziladi? To‘liq kompozitsion tuzilma

Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Esse yozishning to‘g‘ri kompozitsion qurilmasi
Esse yozishda aniq va mantiqiy tuzilmani saqlash muhim ahamiyatga ega. Quyida esse yozish uchun standart kompozitsion qurilma taqdim etiladi.
1. Kirish
- Umumiy gap – mavzuga kirish va kontekst yaratish.
- Topshiriq matnining perefrazasi – asosiy savol yoki muammoni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalash.
- Tezis – esse davomida ilgari suriladigan asosiy fikr.
2. Asosiy qism
Esse asosiy qismi uch bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir qismda aniq dalillar va misollar keltiriladi.
1-tomon qarashi
Bu qismda birinchi tomon vakillari muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi.
- Birinchidan, ...
- Ikkinchidan, ...
- Uchinchidan, ...
- Masalan, ...
2-tomon qarashi
Bu qismda qarshi fikrga ega tomonlar o‘z dalillarini keltiradi.
- Avvalo, ...
- Bundan tashqari, ...
- Qolaversa, ...
- Jumladan, ...
Shaxsiy fikr
Esse yozuvchisi o‘z shaxsiy nuqtayi nazarini bildiradi.
- Fikrimcha, ...
- Chunki, ...
3. Xulosa
- Asosiy fikrlarning umumlashmasi – yozilgan dalillarni yakuniy ko‘rinishda ifodalash.
- Masalaga yechim taklif qilish – mavzu bo‘yicha o‘z yechim va tavsiyalarini bildirish.
Ushbu struktura asosida yozilgan esse mantiqiy, izchil va tushunarli bo‘lib, yuqori baholanish imkoniyatini oshiradi.