Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Google Developers dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

10-aprel 21:00
Google Developers dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda ta’limning bakalavr va magistratura darajasida tahsil olayotgan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish konsepsiyasi bo‘yicha bilimga ega talabalar qatnashishi mumkin.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

“Google Developers” dasturi O‘zbekistondagi talaba dasturchilar klublari uchun yetakchilardan arizalar qabul qilmoqda.

Unda ta’limning bakalavr va magistratura darajasida tahsil olayotgan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish konsepsiyasi bo‘yicha bilimga ega talabalar qatnashishi mumkin.

Nozmodlar o‘z universitetlarida rivojlanish klublarini (Google Developers Student Club) boshqarishi va texnologik loyihalarni yaratishga rahbarlik qilishi kerak.

Shuningdek, ular muhim mahsulotlar va platformalar haqida ma’lumot berish uchun seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilib boradi.

Yetakchilar “Google” kompaniyasining ta’lim tadbirlarida qatnashishi va kompaniyadan maslahat olishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur lavozimda ular professional sohada hamjamiyat va tarmoqni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Nomzodlar uchun asosiy talablar:

  • bakalavriat yoki magistraturada kunduzgi ta’limni tamomlashiga kamida 1 yil qolgan bo‘lishi;
  • dasturlash va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi texnik bilimlar;
  • tadbirlarni tashkil etish yoki jamoani boshqarish tajribasi;
  • mahalliy ishlab chiquvchilar hamjamiyati bilan aloqada bo‘lish.

Unda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar havola orqali ariza jo‘natishlari mumkin.

Markaziy Osiyo, Kavkaz va Turkiya davlatlari uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati 30-iyungacha.

Batafsil ma’lumot bu yerda.