Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid emas
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bugun kundalik hayotimizda “feedback” (“fidbek”) iborasi tez-tez uchrab turadi.
Masalan, siz maqola chop ettirdingiz, yoki yangi mahsulot ishlab chiqdingiz, jamoatchilikning unga bo‘lgan fikri, mulohazasi, javoban bildirilgan munosabati “feedback” deb ataladi.
Bu har doim ham “tanqid” degani emas. Yoki, agar tanqid qilinmasa, bu fidbek boʻlmaydi deyish notoʻgʻri.
G‘arb universitetlarida bir ibora bor: Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid yoki hukm emas
Every student needs feedback, not criticism or judgment
Chunki o‘rni kelganida, hurmat va izzat bilan berilgan munosabat uni qabul qiluvchiga oʻziga xos “yoʻl-yoʻriq” sifatida foydali boʻlishi mumkin.
Bunday “feedback” yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi vosita ham boʻlishi mumkin.
Shuning uchun, konstruktiv fikrlaydigan insonlar “feedback” berganida, talaba ham uni konstruktiv qabul qilishi kerak.