Grantlar

IELTS PRIZE- British Council bilan IELTS topshirganlar uchun 3000£ yutib olish imkoniyati

IELTS imtihonini British Council orqali topshirganlar istalgan oliygohda o‘qish uchun 3000£ pul mukofoti yutib olish imkoniyati

1 324 ko'rish

Yangilangan:

IELTS PRIZE- British Council bilan IELTS topshirganlar uchun 3000£ yutib olish imkoniyati

Butun dunyo oliygohlari tomonidan tan olingan IELTS imtihonini British Council bilan topshirgan 7 nafar omadli ishtirokchiga chet elda o‘qish orzusini amalga oshirishda yordam berish uchun konsullik 3000£ qiymatga ega bo‘lgan IELTS PRIZE grantini e’lon qiladi.

Ishtirokchilar uchun talablar:

  • 18 yoshdan yuqori bo‘lishi
  • Ro‘yxatda keltirilgan 10ta davlatdan birining fuqarosi bo‘lishi (O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda mavjud)
  • IELTS imtihonini 01.05.2020-15.09.2021 oralig‘ida British Council orqali topshirgan bo‘lishi
  • IELTS imtihonidan 5.5 va undan yuqori natijaga erishgan bo‘lishi va sertifikat qabul qiluvchi oliygohning imtihon talablaridan biri bo‘lishi
  • oliygohda o‘qishni 2021-2022-o‘quv yilida boshlashi
  • 2022-yil 30-sentyabrga qadar oliygohdan qabul qilinganlik haqida xatni taqdim eta olishi lozim

Avvalgi tanlov g‘oliblari haqida bilishni istasangiz ushbu havolaga kiring.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali.
Kerakli hujjatlar:

  • British Council taqdim etgan sertifikat nusxasi
  • Pasport nusxasi
  • Pasport surati o‘lchamdagi rasm
  • Zarurat bo‘lsa, nogironlikni tasdiqlovchi hujjat.

Barcha talablarga mos kelgan ishtirokchilar ro‘yxati tuziladi. Yakunda o‘g‘izaki suhbat o‘tkaziladi va g‘olib bo‘lganlarga mukofot puli o‘tkazib beriladi.
Toliq ma’lumot ushbu havolada.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 815 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 066 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish