Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
14.03.2024 00:52

Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
- ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;
- ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar uchun maslahat:
06-sentabr 11:27
Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
03-sentabr 11:32
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
03-sentabr 08:24
Xalqaro hamkorliklar orqali Nordik diplomining kuchi
28-avgust 18:43