Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maktab o‘quvchilari uchun Buyuk Britaniyada tashkil etiladigan yozgi maktabda qatnashish imkoniyati beruvchi insholar tanlovi

5.10.2021 19:05
Maktab o‘quvchilari uchun Buyuk Britaniyada tashkil etiladigan yozgi maktabda qatnashish imkoniyati beruvchi insholar tanlovi

Muddati:

05.01.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.immerse.education

Grant turi:

Tanlovlar

The Immerse Education Essay Competition 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun o‘zlari tanlagan sohasi bo‘yicha insholar tanlovi hisoblanadi. Tanlovda g‘olib bo‘lganlar Buyuk Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlarida tashkil etiladigan 2 haftalik yozgi maktabda qatnashish uchun 100% grantni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Dastur davomiyligi: 2 hafta - 2022-yil iyul-avgust oylari

Tanlovda quyidagi guruhga mansub yoshlar qatnasha oladi (2022-yil iyul-avgust holatiga ko‘ra)

  • 13-15 yoshdagi ishtirokchilar;
  • 16-18 yoshdagi ishtirokchilar;

Imtiyozlar:

  • 1-o‘rinni egallaganlar 2 haftalik yozgi maktabda bepul ishtirok etadi - 10 nafar;
  • Keyingi o‘rindagi eng yaxshi nomzodlar ushbu yozgi maktabda ishtirok etish to‘lovi uchun 70%lik grantni qo‘lga kiritadilar.
  • Barcha ishtirokchilar Oksford yoki Kembrij universitetida 13 kunlik bepul turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Bepul nonushta va kechki ovqat, barcha alohida xona beriladi;
  • Oksford va Kembrij universiteti professorlaridan umumiy 40 soat davom etuvchi darslarda qatnasha oladi;
  • Oksford shahriga 2 marta ekskursiya qilinadi;
  • Sug‘urta;
  • Bepul sertifikat va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

ESLATMA! Ishtirokchilar safar xarajatlarini o‘zlari hal qilishlari shart.

Tanlovda qatnashish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘ting va insholaringingizni joylang.

Insholar mavzusi haqida shu yerdan to‘liq ma’lumot topasiz.

Insholarga namunalarni shu yerdan topishingiz mumkin.

Natijalar 2022-yil 1-fevralda e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: advisor@immerse.education