O‘qituvchilar qanday vaziyatda o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Assalomu alaykum. Bizni maktabimizda to‘rt nafar 10 sinf o‘quvchilari maktabga formasiz kelyapti, ular o‘quv-qurollarini ham olib kelmaydi, ba’zida esa darslarga ham kech qolib kelishadi. O‘zim tarix fani o‘qituvchisiman va shu sinfga rahbarlik ham qilaman. Ayol kishi bo‘lganim uchun ayrim o‘quvchilarim menga bo‘ysunishmayapti. Yaqinda ularni darsdan chiqarib yuborgandim, direktorimizdan gap eshitdim. Saolim shundan iboratki, maktab tartib qoidalariga bo‘ysinmaydigan o‘quvchilarni darsdan chiqarib yuborishga haqqim bormi?
✅ Javob:
O‘quvchilarni darslarga kechikkani yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan chiqarib bo‘lmaydi.
O‘quv rejasiga kirmasa, ularni boshqa ishlar uchun darsdan qoldirib ham bo‘lmaydi. Maktabga kelgan o‘quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kechikkani, o‘quv qurollarining yo‘qligi yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish haqida me’yoriy hujjatlarda hech qanday qoida qayd etilmagan.
Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas.
❓ Ho‘sh unda maktab ichki tartib qoidalariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?
O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularning qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish, qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda esa o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, bu ham foyda bermasa qoida buzgan o‘quvchinini boshqa sinfga o‘tkazish, sinf jamoasi orasida muhokama qilish, ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni maktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish mumkin.
Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi Kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.