Imtihon sanasigacha qanday qilib hamma savollarga tayyor bo‘lish mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Buning uchun 3 qadamni bajarish kerak.
1. Reallikni ko‘ring.
Birinchi o‘rinda:— aynan nimalarga tayyor emasligingizni— va qancha vaqtingiz qolganini bilib olishingiz kerak.
Masalan, hozir sizda 3 oy vaqt qoldi. Imtihonda tushadigan fanlarning qaysi jihatlariga 100 foiz tayyorsiz, qaysilariga esa uncha emas, hammasini qog‘ozga yozib chiqing. Qog‘ozga yozish qiyin ishdek ko‘rinishi mumkin. Lekin miyaga bir vaqtning o‘zida ko‘p ma’lumotni ushlab turib, reja tuzish qiyin, qog‘ozga esa xohlagancha ma’lumotingizni yozib qo‘yib, bemalol reja tuzishingiz mumkin.
2. Reja tuzing.
Hozirgi kuningizdan boshlab, imtihon sanasigacha har kuni nima o‘rganib borishingiz kerakligini aniqlang.
Deylik, imtihon kunigacha o‘qilmay qolgan 1-fandan 1000 bet ma’lumot, 2-fandan 500 bet ma’lumot testlariga tayyor bo‘lishingiz kerak. Shunda 3 oy har kuni 1-fandan 12 bet, 2-fandan 6 bet ma’lumotlar testlariga tayyorlanaman, deb reja tuzsangiz bo‘ladi. Oxirgi haftada esa bor bilimlaringizni takrorlaysiz.
3. Rejangiz amalga oshmaganida rejangizga o‘zgartirish kiriting.
Qanchalik zo‘r reja tuzmang, baribir qandaydir muammo chiqadi. Ko‘pchilik tuzgan rejalari qayerdadir amalga oshmay qolsa, reja bilan ham, rejasiz ham muammo chiqadi, deb rejani tashlab ketishadi. Reja bilan ham muammo chiqishi bor holat, lekin rejasiz to‘g‘ri qaror qilishingizning iloji yo‘q.
Deylik, to‘satdan bir hafta kasal bo‘lib, 7 kun hech narsa o‘qiyolmadingiz. Agar reja tuzmagan bo‘lsangiz, 126 bet ortda qolayotganingizni bilolmaysiz. Rejangiz bo‘lsagina buni ko‘ra olasiz. Muammoni ko‘rsangizgina, unga to‘g‘ri yechim topa olasiz. Rejasiz odam bir kun yetib olaman, deb yuraveradi. Rejali odam esa ulgurishim uchun avvalgidan 2 bet ko‘proq o‘rganishim kerak, deb imtihonlarga vaqtida ulguradi.