Talabalar uchun Germaniyaning Max Planck institutida amaliyot o‘tash imkoniyati
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maks Plank instituti iqtidorli va bilimli bakalavr, magistr va doktorantlarga ushbu oliygohda amaliyot o‘tashni taklif qiladi. Amaliyot tadqiqot dasturi shaklida bo‘ladi. Stajyorlar Maks Plank institutining aspirantlari va professor-o‘qituvchilari bilan tadqiqot olib borib, turli muammolarga yechim topadilar.
Dunyo bo‘ylab informatika va texnologiya sohalarida bakalavr, magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan talabalaridan dastur uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar tanlov asosida saralanadi.
Dasturga butun yil davomida qatnashish mumkin, ammo amaliyotchilar ko‘proq yozgi dasturlarni afzal ko‘rishadi.
Odatda dastur 12-14 oy davom etadi.
Imtiyozlar:
- Ishtirokchilarga oylik stipendiya beriladi;
- Bepul turar joy va amaliyot joyi uchun transport bilan ta’minlanadi.
Talablar:
- Nomzod bakalavr (kamida 3-kursni tamomlagan), magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qiyotgan yoki uni yaqinda tugatgan bo‘lishi kerak;
- Max Planck instituti tomonidan olib borilayotgan ishlarga katta qiziqishda bo‘lishi lozim;
- Computer Science bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lishi shart;
- Nomzodning baholari a’lo darajada bo‘lishi lozim.
Ariza topshirish
Dasturga arizalar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tishi va kerakli hujjatlarni topshirishi kerak.
Dasturga amaliyot boshlanishidan 4 oy avval ariza topshirish tavsiya etiladi.
Ko‘p berilgan savollar haqida shu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin.