Litseylarning bitiruvchilari milliy sertifikat olish ko‘rsatkichi 2 barobarga oshdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bu yil akademik litseylarning 3 ming nafardan ortiq bitiruvchisi chet tilidan milliy sertifikat oldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘p
Vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil may oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan test imtihonlari natijasiga ko‘ra, akademik litseylarning 3 248 nafar 2-bosqich o‘quvchisi B1—C1 darajadagi xorijiy tillar bo‘yicha milliy sertifikatga ega boʻldi.
Jumladan, o‘quvchilarning 1 579 nafari B1, 1 504 nafari B2, 165 nafari C1 darajali milliy sertifikat olishdi. Ushbu koʻrsatkich 2020/2021-oʻquv yiliga nisbatan besh barobar, 2021/2022-oʻquv yiliga nisbatan esa ikki barobardan koʻproq nisbatga ortgan.
Maʼlumot uchun: B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xorijiy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga taʼlimning keyingi bosqichida, yaʼni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda mos fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.