Maktab ichki qoidalari: Ota-onalar qanday majburiyatlarga ega?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabning ichki tartib qoidalariga ko‘ra ota-onalar qanday talablarga rioya qilishlari kerak?
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko‘ra, maktab ichki tartib qoidalariga muvofiq ota-onalarga bir qator talablar belgilangan. Quyida ota-onalar rioya qilishlari kerak bo‘lgan asosiy talablar keltirilgan:
Ota-onalarga qo‘yilgan talablar:
-
Ichki tartib qoidalari bilan tanishish
-
- Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
-
-
O‘qituvchini hurmat qilish
-
- O‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, dars jarayoniga aralashmaslik va pedagoglarni haqorat qilmaslik.
-
-
Farzandini nazorat qilish
-
- Farzandining maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish.
-
-
Farzandini darslarga to‘liq qatnashishini ta’minlash
-
- Farzandining darslarga muntazam qatnashishini, shuningdek, o‘quv materiallari, ish daftarlari va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash.
-
-
Farzandini ta’limga tayyorlash
-
- Farzandining darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan holda maktabga kelishini ta’minlash.
-
-
Farzandining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
-
- Darsdan keyin farzandining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, uni ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik va maktabga o‘z vaqtida kelishini nazorat qilish.
-
-
Sinf rahbari va o‘qituvchilar bilan aloqada bo‘lish
-
- Farzandining xulqi va davomati yuzasidan sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lish.
-
-
Davomat haqida xabar berish
-
- Farzandi darslarga qatnashmaydigan holatlarda sinf rahbariga sabablarini bildirgan holda xabar berish.
-
-
Maktab tadbirlarida ishtirok etish
-
- Ta’lim muassasasining taklifiga binoan ota-onalar yig‘ilishlari, suhbatlar va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.
-