Maktablarning bo‘sh turgan yerlarida xususiy bog‘cha qurishga ruxsat berildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yerlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ruxsat etiladi.
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab, maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga elektron sertifikat berish tartibi joriy qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi.
Farmon asosida amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar:
- 2025-yil 1-avgustgacha: maktabgacha ta’limning davlat dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi va maktab tayyorlov guruhlari bilan boshlang‘ich ta’lim dasturlari o‘zaro bog‘lanadi.
- 2025-yil 1-yanvardan: barcha tumanlarda kamida bitta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning direktor o‘rinbosarlarini malakali trenerlar sifatida shakllantirish.
- 2025-yil 1-martdan: uzoq hududlardagi pedagoglar uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta avtobus) joriy qilinadi.
- 2025-2026-o‘quv yilidan: davlat oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dualiy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi