Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan aniq sanalar e’lon qilindi

11-oktabr 12:52
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan aniq sanalar e’lon qilindi

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan aniq sanalar e’lon qilindi

Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi. Quyida fanlar bo‘yicha belgilangan aniq sanalar keltirilgan:

  • Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr (1 kun)
  • Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr (2 kun)
  • Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 1-2, 4-noyabr (3 kun)
  • O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr (2 kun)
  • Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr (2 kun)
  • Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr (1 kun)
  • Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr (2 kun)
  • Rus tili, adabiyot, qirg‘iz tili, qozoq tili, tojik tili, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr (1 kun)
  • Jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya fanlaridan — 14-noyabr (1 kun)
  • Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, psixolog, defektolog, musiqa xodimi va boshqa fanlardan — 15-noyabr (1 kun)

Shuningdek, quyidagi san’at va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlar 16-noyabr kuni o‘tkaziladi:

  • Musiqa adabiyoti, musiqiy teatr, estrada xonandaligi, xalq raqsi ijrochiligi
  • Badiiy gilam, kashtachilik, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi
  • Grafik dizayn, arxitektura dizayni, interyer dizayni
  • Fortepiano ijrochiligi, baxshichilik san’ati, teatr san’ati

Eslatma: Attestatsiya sinovlari joy manzillari haqida oldinroq ma’lumot berilgan edi.