Matematika va chet tili fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, matematika va chet tili fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Agrobiznes va investitsion faoliyat
- Agrologistika
- Agrosanoatda buxgalteriya hisobi
- Baholash ishi
- Bank hisobi va audit
- Bank ishi
- Biznes-informatika
- Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
- Byudjet hisobi va nazorati
- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi
- Ekonometrika
- Ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti
- Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
- Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Islom iqtisodiyoti va moliyasi
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- Kadrlar menejmenti
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Korporativ boshqaruv
- Korporativ moliya
- Logistika
- Maktab menejmenti
- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Mediamarketing va reklama
- Mehmonxona biznesi
- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
- Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Mintaqaviy iqtisodiyot
- Moliya
- Moliya sohasida boshqaruv
- Moliyaviy texnologiyalar (sohalar bo‘yicha)
- Ommaviy tadbirlar menejmenti
- Pensiya ishi
- Qishloq xo‘jaligida menejment
- Raqamli iqtisodiyot
- Reklama ishi
- Restoran biznesi
- Sanʼat sohasida prodyusserlik
- Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi
- Savdo ishi (turlari bo‘yicha)
- Soliqlar va soliqqa tortish
- Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Sug‘urta ishi
- Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
- Turizm faoliyatida logistika
- Turizm sohasida loyihalash
- Turizm sohasida marketing
- Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)