Miya gigiyenasi: intellektni formada saqlashning 5 usuli
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zingizni kichik yutuqlar bilan tabriklang
Muvaffaqiyatning qanchalik tez-tez sodir bo‘lishi uning masshtabiga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘zingizni tabriklash uchun katta yutuqlarni kutmang, deydi Stenford rag‘bat texnologiyalari laboratoriyasi direktori Bi Jyey Fogg. Buning o‘rniga o‘zingiz uchun kundalik bayramlar o‘ylab toping; miyangiz haqiqiy muvaffaqiyat bilan ana shunday ko‘rinayotgan holat o‘rtasidagi tafovutni farqlamaydi.
Jismoniy faol bo‘ling
Nevrolog Etena van der Uoltning fikriga ko‘ra, jismoniy faollik miya salomatligini yaxshilashning eng yaxshi usullaridan.Mashq qilganimizda yurak urish sur’ati ortadi, kislorod miyaga tezroq yetib boradi va miyaning yangi hujayralari tezroq rivojlanadi. Miya hujayralari qanchalik tez ishlab chiqarilsa, ularga yangi neyron yo‘llarini rivojlantirib, o‘zaro hamkorlik qilish osonroq kechadi. Oxir-oqibat miyamiz samarali va moslashuvchan bo‘ladi. Bu esa aqliy ishchanlikni anglatadi.Faollikka qaror qilgan bo‘lsangiz, ko‘proq harakat qiling.
Miyangizni mashq qildiring
Miyani ishlatmasangiz, u ham tananing boshqa organlari kabi o‘z ishchanligini yo‘qotadi. Yangi til, yangi musiqa asbobida chalishni o‘rganish yoki hatto jonglyorlik ham yaxshi mashqlar hisoblanadi.
To‘g‘ri o‘tiring
Butun dunyodagi onalar bolalarni to‘g‘ri o‘tirishga undaydilar. Vertikal holat nafaqat quvvat darajasini va umumiy kayfiyatni yaxshilaydi, balki ishonchni ham oshirar ekan. 2013 yilda Garvard professori Emi Kaddi va uning hamkasbi Maarten Bos tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari buni tasdiqlagan.Kuchsiz, qiyshiq holdagi tana holati miyani ishonchsizlik holati, depressiv xotiralar va fikrlarga moyil odamga aylantiradi.
Tunda telefonni uzoqqa olib qo‘ying
Smartfonning miyaga ta’siri borasida ko‘plab rost va yolg‘on fikrlar mavjud. Bu borada hali ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilishi lozimligiga qaramay, elektron ekranlardan chiqadigan ko‘p nur va uyqu o‘rtasida bog‘liqlik mavjudga o‘xshaydi.Massachusets texnologik instituti katta o‘qituvchisi Svartning so‘zlariga ko‘ra, miyaning tabiiy tozalanish tizimi olti soatdan sakkiz soatgacha vaqtni talab etadi. Busiz miya oxir-oqibat beta-amiloid yirik to‘plamlariga duch keladi.