Nodavlat oliy taʼlim tashkiloti filiali manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Assalom alaykum. Qoraqalpogʻistonda yangi ochilgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining Samarqandda filiali ochilgani haqidagi eʼlonni koʻrib qoldim. Men koʻrgan litsenziyada Qoraqalpogʻistondagi manzil yozilgan. Nodavlat universitetlar boshqa viloyatda filial ochadigan boʻlsa, oʻsha manzil uchun ham litsenziya olishi kerakmi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.
Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.
Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.
Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.
Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.