Nodavlat oliygohlar faoliyati davlat standartiga moslashtiriladi
9.02.2023 18:04

Avvalgi tartibga ko‘ra berilgan litsenziya talabalari standartlarga muvofiq emasligi, litsenziya talabalari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish standartlarini nazoratga olmayotgani uchun litsenziya talablariga o‘zgarishlar kiritilmoqda,deya telegram kanallardan biri yozmoqda. Jumaladan:
- Nodavlat oliygohlarning rahbar kadrlar strukturasi belgilanadi;
- Rahbar kadrlar lavozimi uchun talab chegaralari belgilanadi;
- Nodavlat oliygoh rektori eng kamida PhD darajasi ega, kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor lavozimi majburiy joriy etiladi;
- Prorektor, dekan, professor o‘qituvchi va boshqa rahbar kadrlarning lavozim talabalari joriy etiladi;
- Kutubxona, tadbirlar zali, elektron kutubxona, sport zali kabi mavjudligi va talabga javob berishi qat’iy nazoratga olinadi;
- Qabul jarayonlari boshlanish va tugash vaqt, o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish va chetlashtirish tartibi davlat oliygohlari bilan bir xil vaqtga ko‘chiriladi;
- O‘quv jarayonlarining boshlanish va yakunlanish vaqti davlat oliygohlari singari bir xil vaqtga moslanadi;
- Nodavlat oliygohlarga kvota beriladi hamda o‘qishga qabul qilish tegishli tashkilot (DTM) tomonidan o‘tkaziladi va tartibga solinadi;
- Nodavlat oliygohlar diplomi 2 xil standartga o‘zgartiriladi;
- Nodavlat oliygohlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi majburiuy tashkil etiladi, bu ma’naviy-ma’rifiy ishlar qat’iy tartibga solinadi. (Ayni vaqtda nodavlat oliygohlari talabalari tomonidan jinoyatchilikni sodir etish ehtimolligi yuqori)
- Tyutor hamda yotoqxona tarbiyachisi lavozimi ta’sis etiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Eng ko‘p talabaga ega TOP-10 nodavlat oliygohlar e’lon qilindi
23-fevral 19:50
Qaysi nodavlat oliygohlarning filiallari mavjud? To‘liq ro‘yxat
16-yanvar 15:40
Ta’lim krediti nodavlat oliygoh talabalari uchun ham ajratiladi!
30-avgust 17:59