Nodavlat oliygohlar faoliyati “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali nazoratga olinadi
Nodavlat oliygohlar faoliyati “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali nazorat qilinadi
Muhokamalar portaliga joylashtirilgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i loyihasiga koʻra, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oid qonunchilik buzilishi xavfini tahlil etishning elektron tizimi joriy etilishi taklif etilmoqda.
Loyihaga koʻra, tadbirkorlik subyekti qonunni buzish xavfi darajasini aniqlash jarayoni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron tizim orqali xavf darajasini tahlil qilish
Tahlil qilinadigan ma’lumotlar
Xavf darajasini aniqlash quyidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi:
-
Ma’muriy ma’lumotlar: litsenziya yoki tasdiqnoma;
-
Davriy statistika ma’lumotlari: avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
-
Yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
-
Ommaviy axborot vositalari va boshqa tashqi manbalar: ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar;
-
Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar: davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan, tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilmaydigan ma’lumotlar.
Xavf darajasini baholash mezonlari
Aniqlangan xavf darajasi umumiy ballar asosida quyidagi toifalarga bo‘linadi:
-
🔴 Xavfi yuqori – 81 va undan yuqori ball olgan tadbirkorlik subyektlari;
-
🟠 Xavfi o‘rta – 61–80 ball olgan tadbirkorlik subyektlari;
-
🟡 Xavfi past – 60 ball va undan kam olgan tadbirkorlik subyektlari.
Ushbu tasnif tadbirkorlik subyektlarining nodavlat oliy ta’lim xizmatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlashga imkon beradi.