Nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlash Konstitutsiyada belgilanadi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi eʼlon qilindi .
Eʼtiborlisi, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 50-moddasida “Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi”, – deyilgan.
Nodavlat taʼlim tashkilotlarining rivojlanishini taʼminlash masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi keyinchalik bir qaror bilan yopilib yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, degan taxminlarni yo‘qqa chiqaradi.
Xususan, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 16-moddasida ham “Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emas” deb belgilangan.