Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish tartibi

16.01.2023 14:22
Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish tartibi

Agar men O‘zbekiston hududidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasi (masalan Kokand University)da yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiali (Turin Polytechnic University in Tashkent) ning bakalavr bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsam o‘qishimni davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirsam bo‘ladimi? Bunday holatda ko‘chirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

JAVOB: Siz o‘qishingizni O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasining filialidan davlat oliy ta’lim muassasasiga mos yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga ko‘ra o‘qishingizni ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Agar Siz o‘qishingizni davlat oliy ta’lim muassasasining turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tsangiz, ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoridagi bir martalik to‘lovni amalga oshirishingiz lozim bo‘ladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi