Pedagog toifasini tizimdagi xatolik sabab tushirilishi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Pedagogning toifasi tizimdagi xatolik sabab mutaxassisga tushirilishi to‘g‘rimi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi va toifalari saqlanadi. Biroq, 2022-yil 2-avgustdagi qaror bilan ushbu nizomga o‘zgartirish kiritilib, oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan pedagoglar toifasini majburiy attestatsiyadan o‘tkazish shart emasligi belgilangan.
Mazkur o‘zgarish 2022-yil 2-avgustdan kuchga kirgan va pedagoglar uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda toifalari saqlanib qoladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas. Shu sababli, pedagogning toifasi tizimdagi xatolik sabab mutaxassisga tushirib tashlanishi qonuniy emas. Agar pedagog 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik ish stajiga ega bo‘lsa, uning oliy toifasi saqlanishi kerak.
Pedagoglar 1-yanvardan 31-dekabrga qadar o‘z malaka toifasi sertifikatini davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yangilashlari mumkin. Bunday holatda pedagoglar viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasiga murojaat qilishlari lozim.