Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish imtihonlari haqida batafsil ma’lumot
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi. Ushbu jarayon malaka sinovlari orqali real vaqt rejimida test shaklida amalga oshiriladi. Bu sinovlar jumladan jismoniy tarbiya va chet tili fanlaridan ham o‘tkaziladi.
Attestatsiya ikki bosqichda, bir kunda va bir vaqtning o‘zida kompyuter dasturlari orqali o‘tkaziladi. Sinov uchun ajratilgan vaqt fanlarga qarab farq qiladi:
- Matematika, informatika, axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya va fizika fanlari uchun — 120 daqiqa.
- Qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa.
Malaka sinovlari tarkibi:
1. Bosqich: Mutaxassislik va kasbiy bilimlarni aniqlash
Birinchi bosqichda pedagogdan mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini ko‘rsatishi talab qilinadi. Bu bosqichda 40 ta test savoli beriladi (35 tasi mutaxassislik fanidan, 5 tasi pedagogik kasbiy standartlardan). Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball berilib, umumiy hisobda 80 ball yig‘ish mumkin.
2. Bosqich: Pedagogik mahoratni aniqlash
Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik uslublarni qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Ushbu uslublarga "case study", loyihalar uslubi, interfaol ta’lim va boshqalar kiradi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball yig‘ish imkoniyati mavjud.