Magistraturaning qishki qabulida kontraktga o‘qishga kirgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladimi?
16.02.2023 19:11

JAVOB: Ha, to‘lab beriladi.
Huquqiy asoslari:
- Prezidentning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni;
- Hukumatning 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori.
Bunga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi, deya Xushnudbek Xudoyberdiyev Instagram sahifasida ma’lumot berdi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
Tatbiq etilmaydi:
❌ tegishli tartibda ariza bermaganlarga;
❌ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
❌ nodavlat OTMlarning magistraturalariga.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Kollej, OTM, 2-mutaxassislik — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?
14-iyun 10:44
Magistraturaga kirish uchun IELTS 4.5 yoki B1 yetarli!
25-fevral 07:24