Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlari o‘tkazildi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yil 13-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Unda talabgorlar Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar.
Test sinovlarida 900 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi. Imtihon natijalarini talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.