Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi"ning 3-bosqichi. Finalda kimlar ishtirok etadi?

21.07.2021 10:12
Respublika

Xabaringiz bor, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi shuningdek “REGISTON” o‘quv markazi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli Ingliz tili fanidan Olimpiada o‘tkazmoqda.

Olimpiadaning 1-bosqichi OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida 11-iyul kuni bo‘lib o‘tdi va Respublikamizdan jami 9 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi va eng yaxshi nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiada oynasi orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Olimpiadaning 2-bosqichi OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida 18-iyul Respublikamizdan minglab iqtidorli yoshlaridan saralanib olingan 1000 nafar eng yaxshi nomzod ishtirok etish huquqini oldi.

Olimpiadaning final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Olimpiada yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final bosqichi) ga eng yaxshi natija ko‘rsatgan 169 nafar (bir yuz oltmish to‘qqiz nafar) ishtirokchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Nomzodlar ro‘yxati.

Final bosqichi qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

  • Olimpiadaning final bosqichi ishtirokchilari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyasida maxsus sinovdan o‘tkaziladi.
  • Bo‘lib o‘tadigan vaqt: 25-iyul kuni 08:00 dan boshlanadi.
  • Final bosqichida xolislikni ta’minlash uchun imtihon videokameralar orqali yozib olinadi va Youtube platformasida onlayn translatsiya qilib boriladi.
  • Nomzodlardan apellatsiya arizalari 26-iyul soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi

Manzil: “REGISTON” o‘quv markazi (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Shuxrat chorrahasi, Registan Academy binosi: Google map)

Ushbu bosqichda olimpiadaning mutlaq g‘oliblari aniqlanadi hamda g‘oliblar 27-iyul kuni tantanali ravishda munosib taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin sohibiga: Noutbook kompyuter va qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

2-o‘rin sohibiga: Samsung A21 mobil telafoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

3-orin sohibiga: Xiaomi 9 A mobil telefoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning final bosqichi ishtirokchilariga omad tilaydi!

Olimpiada bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozing.