Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan ta’til beriladi
15.03.2024 12:02

Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:
- Oliy ta’lim muassasalarida kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-bosqich talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, Oliy ta’lim muassasalari va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;
- Oliy ta’lim muassasalarida kechki ta’limda 3-4-bosqichlarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar uchun maslahat:
06-sentabr 11:27
Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
03-sentabr 11:32
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
03-sentabr 08:24
Xalqaro hamkorliklar orqali Nordik diplomining kuchi
28-avgust 18:43