So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berildi, 7 tasining litsenziyasi bekor qilindi – vazirlik
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilingan – vazirlik
O‘tgan 2 yil davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2 ta oliy ta’lim muassasasiga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilingan. Bu haqida vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
2024-yil davomida nodavlat ta’lim xizmatlari uchun 412 ta ariza “Litsenziya” axborot tizimi orqali taqdim etilgan, shulardan 55 tasi ijobiy baholanib, tegishli litsenziyalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, brifing davomida, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan tashkilotlar haqida ham ma’lumot berildi. Natijada, 2023-yilda 6 ta, 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan.
Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining 8 mingga yaqin talabalari boshqa oliygohlarga ko‘chirib o‘tkazilgan va hech bir talabaning muammosi yechimsiz qolmagan.