Sunʼiy intellekt oʻqituvchilar oʻrnini egallaydimi?!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Business Insider nashri ChatGPT (sunʼiy intellekt) sabab yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan 10 ta kasbni eʼlon qildi, ular orasida oʻqituvchilik ham bor. Rivojlangan mamlakatlarining barcha oʻqituvchilari o‘quvchi va talabalarning uy vazifalarini tayyorlashda ChatGPT dan foydalanib, belgilangan qoidalarni buzishlaridan xavotirda.
Rochester texnologiya institutining Hisoblash texnikasi va axborot fanlari fakulteti dekani o‘rinbosari Pengcheng Shining fikricha, o‘qituvchilar sunʼiy intellekt ularning ish o‘rniga xavf solishi haqida ham o‘ylashlari kerak.
“ChatGPT endilikda darslarni osonlikcha oʻrgatishi mumkin”, – deydi Shi New York Post nashriga bergan intervyusida — Bilim nuqtayi nazaridan xato va noaniqliklar mavjud boʻlsa-da, buni osongina yaxshilash mumkin, buning uchun tizimda tegishli koʻnikmani shakllantirish kerak”.
Ammo oʻrta maktabning matematika va tabiiy fanlar oʻqituvchisi Shannon Ahern ChatGPT uning oʻrnini egallashidan xavotirda emas. U dars jarayonlarini rejalashtirishda ayni tizimdan foydalanadi.
“Biz insonlar yuzma-yuz mashgʻulotlarda yuzaga keladigan, oʻzaro shaxsiy muloqotlarga doim muhtojmiz”, – deydi u, Insider nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, roʻyxatdan oʻqituvchilikdan tashqari quyidagi kasblar ham oʻrin olgan:
- Texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy taʼminot muhandislari, maʼlumotlar tahlilchilari);
- Media ishlari (reklama, kontent yaratish, kopirayting , jurnalistika);
- Yuridik sohadagi ish oʻrinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
- Marketologlar;
- Moliyaviy ish oʻrinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
- Treyderlar, grafik dizaynerlar;
- Buxgalterlar, qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimlari.