Super-kontraktni bo‘lib to‘lash muddatlari haqida
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qoidaga ko‘ra, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqishi uchun dastlab 50% qismini to‘lashi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini to‘lasa yetadi.
Odatda super-kontraktning yarmini 15-sentyabrgacha to‘lashni so‘rashadi. Ammo kontrakt va super-kontrakt miqdorlari kech tasdiqlangani hamda natijada ariza berish kech boshlangani hisobiga ushbu muddat uzaytirilsa kerak (oddiy kontraktda ham). O‘zi har yili uzaytirishadi bu muddatni.
Ko‘pchilik agar biz 50% ni to‘lasak, qolgan yarmini qachon to‘lash kerak, deb so‘rayapti.
Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda to‘lash kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni:
- 75% qismini — 1-aprelgacha;
- 100% qismini — 1-iyulgacha.
Eslatib o‘tamiz, agar super-kontraktni 15-oktyabrga qadar 100% miqdorda qoplasangiz, sizga 10% chegirma beriladi. Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas.