O‘zbekistonda tabiblik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 800 nafarga yetdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yurtimiz xalq tabobati rivojlanishi uchun beqiyos imkoniyatga ega. Diyorimizdagi 750 dan ortiq o‘simliklar farmasevtika sanoatida qo‘llashga tavsiya etilgani buning yorqin misoli. Uzoq yillar e’tibordan chetda qolgan ushbu soha bugun yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Xususan, yurtimizda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni chuqur qayta ishlash borasida samarali ishlar amalga oshirilyapti.
Ayni paytda yurtimizning barcha oliy tibbiy ta’lim muassasalarida xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida 500 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Kelgusi o‘quv yilida esa ular soni 800 nafarga yetkaziladi.
Yana bir yangilik. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Nevrologiya va xalq tabobati” kafedrasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.
Qolaversa, sohada zamonaviy tibbiyotning fizioterapiya, nevrologiya, terapiya singari ixtisosliklari doirasida fitoterapiya, igna bilan davolash, uqalash, girudoterapiya usullari amaliyotga tatbiq etildi. Davlat va xususiy shifoxonalarda esa hijoma, apiterapiya, naturopatiya kabi ko‘plab xalq tabobati usullari samarali qo‘llanilmoqda. Shu boisdan 2023 yilda sohada yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamda sog‘lomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiMatbuot xizmati.