Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba "5"ga o‘qimasa, stipendiya berilmaydimi?

14-oktabr 21:14
Talaba

Ma’lumki, grant asosida o‘qishga kirgan talabalarga standart 517 880 so‘mlik stipendiya to‘lanadi.

Lekin o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foiz va undan ortiq qismi "qoniqarli" baho (71 foizdan past) bo‘lgan talabalarga keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

Shuning uchun ham grantda o‘qiydiganlar stipendiya olishni xohlasa, hech bo‘lmasa 30 foiz dasturni 71 foizdan yuqori o‘zlashtirishi kerak.

❕ Kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar esa shartnoma pulini stipendiyalik qilib to‘lashsagina, ularga ham stipendiya beriladi. Biroq a’lo baholarga semestrni tugatan kontraktda o‘qiydigan talabalarga ham oyiga 100 ming so‘mdan sal ko‘proq stipendiya to‘lanadi.

Teglar