Talabalar qancha stipendiya oladi?
14.09.2023 11:53
Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.
Ya’ni ko‘plab talabalar hech qanday stipendiya olmay o‘qiydi.
- Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
- Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.
Nomdor stipendiyalar:
- Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar uchun maslahat:
06-sentabr 11:27
Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
03-sentabr 11:32
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
03-sentabr 08:24
Xalqaro hamkorliklar orqali Nordik diplomining kuchi
28-avgust 18:43