Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz — professor

12-noyabr 18:02
Talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz — professor

Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat qildi:

➡️Modul-kredit tizimiga o‘tmas ekanmiz, oliy ta’limda yangilanish ham, o‘qituvchida mas’uliyat ham bo‘lmaydi. Bu tizimga to‘laqonli o‘tishimizga mustaqil ta’limning moliyalashtirilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ammo muammoning optimal yechimi bor:

1️⃣ma’ruza mashg‘ulotlarini 50 daqiqaga tushirish;

2️⃣seminar va amaliy mashg‘ulotlarni bekor qilish;

3️⃣tejalgan vaqt resursini mustaqil ta’limga berish;

4️⃣ustama ish haqlarini mustaqil ta’limga yo‘naltirish;

5️⃣o‘qituvchining har bir ish kuni uchun (taxminan) 10 talabadan onlayn va 10 talabadan oflayn mustaqil ta’limni qabul qilish grafigini ishlab chiqish;

❗️Eslatma:

➖ talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz;

➖ seminar va amaliy mashg‘ulotlar ma’nan eskirdi;➖ amalda talaba bilan yakka tartibda ishlash tizimi yo‘q.