TATUning yangi filiali tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

7.05.2021 18:12
TATUning yangi filiali tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

“Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (288-son, 07.05.2021 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali;
  • Universitet Axborot-resurs markazida “Raqamli kutubxona”.

Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Buyumlar interneti”, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

✅ Qaror bilan Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integrasiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar (11 ta) tashkil etiladi.

  • Filial va texnikumlar yuridik shaxs maqomiga ega Universitetning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
  • Filial va texnikumlarda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Ilmga tikilgan sarmoya - eng yaxshi investitsiyadir
– Registon o‘quv markazi