Tayyorgarlikni endi boshlagan abituriyentlar yo‘l qo‘yadigan 7 xatolik
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
1. Keyinga qoldirish
Vaqt bemaloldek ko‘rinadi. Imtihonlarga tayyorgarlikni esa keyinroq boshlasa ham bo‘ladi, degan fikr bo‘ladi.
Lekin ishni bugundan emas, balki bir oydan keyin boshlasangiz, tayyorgarlik yana-da qiyinlashadi. Yarim yildan keyin boshlasangiz, o‘rganish uchun shunchalik mavzular ko‘pligini ko‘rib, shuncha vaqtdan beri hech narsa o‘rganmagandek o‘zingizni his qilasiz.
2. O‘zingizga bo‘lgan ortiqcha ishonch
Hattoki, doimo aʼlo baholarga o‘qigan o‘quvchilar ham testlarda yuqori natijalar olishadi, deb hech kim kafolat bermaydi. Imtihondagi natijangiz fanni qanchalik yaxshi o‘zlashtirganingizga, misol va masalalarni qanchalik yecha olishingizga va maʼlumotlarni qanchalik yaxshi eslab qolganingizga bog‘liq.
3. Pulni ortiqcha tejash
Imtihonga hech qanday xarajatlarsiz mustaqil tayyorlanish ham ko‘pincha o‘z natijasini bermaydi. Telegramda bepul yoki juda kichik summaga o‘qitaman, bepul videodarslar orqali o‘rganasiz degan odamlarga ishonib qolmang. Malakali o‘qituvchilarga talab doim yuqori. Tajribadan o‘tgan o‘qituvchilarning kurslariga tayaning.
4. Boshqa mashg‘ulotlarga vaqt ajratish
Imtihonlarda yaxshi natijaga erishish uchun, o‘zingiz uchun eng ustuvor maqsadlaringizni ajratib oling.
Bir u narsa bilan, bir boshqa narsa bilan shug‘ullanib, qanchalik ko‘p narsa yo‘qotayotganingizni bilmay, vaqtni o‘tkazib yuborishingiz mumkin.
5. Silla quriguncha tayyorlanish
Damsiz va uyqusiz tayyorlanish ham asab tizimingizga salbiy va psixologik holatingizga taʼsir o‘tkazishi mumkin. Imtihonga muvaffaqiyatli tayyorlanish uchun hamma narsani to‘g‘ri taqsimlay olishni bilish kerak. Do‘stlar bilan uchrashish va hordiq chiqarishga vaqt ajratish o‘ta muhim.
6. Boshqalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish
Boshqalar bilan o‘zingizni solishtirishingiz yaxshi holat emas. Har kimning o‘z o‘zlashtirish tezligi, o‘rganish qobiliyati bor. Eʼtiborni o‘zingizga va erishayotgan natija va yutuqlaringizga qarating.
7. O‘z yutug‘ingizga ishonmaslik
O‘z erishayotgan natijalaringizni eʼtiborsiz qoldirsangiz va har kunlik mehnatingizni nazar-pisand qilmay qadrini tushursangiz, qo‘rquv va ishonchsizlik sizga qurshab oladi. Undan tashqari bilim olish va eslab qolish qobiliyatingiz ham pasayadi.