Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

Bugun, 11:15
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

✅ O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab test sinovlariga qadar abituriyentlar faqat fanlar majmuasini tanlashadi. Biroq testdan keyingi bosqichda abituriyentlar uchun asosiy tanlov jarayoni boshlanadi. Quyida siz bu bosqichda qanday tanlovlar qilinishi haqida to‘liq ma’lumot olasiz.

1. Yo‘nalish tanlovi – beshtagacha imkoniyat

Abituriyent testdan so‘ng fanlar majmuasiga mos keladigan istalgan beshtagacha bakalavriat yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bu yo‘nalishlar:

  • Istalgan oliy ta’lim muassasasidan bo‘lishi mumkin;

  • Mutlaqo bir-biridan farqli hududlardagi OTMlar bo‘lishi mumkin;

  • Avval tanlagan yo‘nalishlar ahamiyatga ega emas.

⚠️ Ko‘pchilik dastlabki ro‘yxatdan o‘tish paytida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartira olmayman, deb o‘ylaydi. Aslida esa bu tanlov faqat misol tariqasida qo‘yilgan bo‘lib, hech qanday huquqiy kuchga ega emas.

2. Ta’lim shaklini tanlash

Abituriyent kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakldagi ta’limni tanlashi mumkin. Tanlovda:

  • Barcha beshta yo‘nalish turli shakllarda bo‘lishi mumkin (masalan, 1-yo‘nalish kunduzgi, 2-yo‘nalish kechki va hokazo);

  • Qaysi OTMda qanday shakl mavjudligini kvotalar e’lon qilingach aniqlash mumkin.

Hozircha kvotalar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, tanlovni tayyorlab borish tavsiya etiladi.

3. Ustuvorlikni tanlash – grantmi yoki yo‘nalishmi?

Bu bosqichda abituriyentlar quyidagi ustuvorliklardan birini tanlashadi:

  • Davlat granti ustuvor – grant asosida qabul qilinishi muhimroq bo‘lganlar uchun;

  • Yo‘nalish ustuvor – aniq bir yo‘nalishga kirish muhim bo‘lganlar uchun (hatto to‘lov-kontrakt bo‘lsa ham).

✅ Masalan, kimdir grant asosida o‘qishni ustuvor desa, tizim ularni eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan grant o‘rinlariga yo‘naltiradi. Kimdir esa aynan bir yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lsa, ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Xulosa

🗓 14–23-iyul kunlari abituriyentlar test topshiradi. Ballar testdan keyingi kunda ma’lum bo‘ladi.

🕒 Barcha abituriyentlarga testdan keyingi 15 kun ichida yo‘nalish, ta’lim shakli va ustuvorlik bo‘yicha tanlov qilish uchun imkoniyat beriladi.

📌 Yakuniy natijalar va mandatlar taxminan 17-avgust atrofida e’lon qilinadi.

🔁 O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej va texnikum tanlovi ochiladi (10 kun davomida).