Texnikum direktorligiga ochiq tanlov asosida nomzodlar tanlanadi – Prezident Farmoni
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi – Prezident Farmoni
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talablar “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali shakllantiriladi. Ushbu o‘zgarishlar kasbiy ta’lim tizimining sifatini oshirish va xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yangi tartiblar:
- 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.
- Xalqaro ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro sertifikat va davlat diplomi beriladi.
- 2025-yil 1-yanvardan texnikumlar direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga ochiq tanlov orqali nomzodlar tanlanadi.
Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish mas’uliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi. Bu o‘zgarishlar kasbiy ta’limni xalqaro darajaga olib chiqishga va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.