Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi. Mazkur universitet xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy kadrlarni tayyorlash maqsadida nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.
Asosiy ma’lumotlar
-
Ta’lim yo‘nalishlari: Universitetda muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi.
-
Xalqaro hamkorlik: Universitet Respublika Oliy ta’lim kengashi va Turkiya Oliy ta’lim kengashining muassisligida tashkil qilinadi.
-
Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi, 3 va 3a-uy manzillarida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent soliq texnikumining bino va inshootlarida joylashadi. Binolardan tekin foydalanish imkoniyati beriladi.
-
Moliyaviy shartlar: Universitetda ta’lim to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi, qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.
Universitetning maqsadi
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni yetishtirishga, balki turkiy davlatlar o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: Prezident.uz