Umumiy mukofot jmg‘armasi 100mln so‘m bo‘lgan “Unique Uzbekistan” yosh fotograflar tanlovi

07.05.2022 10:23
Umumiy mukofot jmg‘armasi 100mln so‘m bo‘lgan “Unique Uzbekistan” yosh fotograflar tanlovi

Muddati:

30.05.2022

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Respublikadagi fotografiyaga qiziqadigan yoshlar oʼrtasida mamlakatimiz hududidagi diqqatga sazovor maskanlar, arxitektura yodgorlikari, milliy urf-odat va an’analarni o‘zida yoshlar obyektivlarida aks ettirgan“Unique Uzbekistan” yosh fotograflar uchun milliylikni targ‘ib qilish, yoshlarni o‘z ustida ishlashga yanada ko‘proq jalb qilish, yoshlar va qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni qoʼllab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan mukofot jamg‘armasi 100 mln so‘m bo‘lgan «Unique Uzbekistan» nomli yosh fotograflar tanloviga Start berildi.

Tanlovni o‘tkazish joyi va vaqti:

  • Tanlov ikki bosqichda onlayn tarzda o‘tkaziladi;
  • Tanlov 2022 yil may-iyun oylarida o‘tkaziladi;
  • Tanlov g‘oliblarini taqdirlash kuni va joyi Tashkiliy qo‘mita tomonidan
    e‘lon qilinadi;

Tanlovni o‘tkazish tartibi va jamoa tarkibi: Tanlovda 16-35 yoshgacha bo‘lgan professional va havaskor
fotosur’atchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

- Inson va oila bu yo‘nalishda, fotograflar bir millatga xos urf-odat,
ana’analar, qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan ijod namunalari bilan ishtirok etishi mumkin. Bir millatning oilaviy an’analari, insonlarining yuz qiyofalari aks etgan sur’atlar ham ayni shu yo‘nalishga qabul qilinadi.

- Mening shahrim (Qishlog‘im) bu yo‘nalishda fotograflar
landshaftga oid ishlari bilan, ya’ni o‘zi istiqomat qiloyatgan shahar(tuman, qishloq)ning diqqatga sazovor maskanlari, turistik hududlari, arxitektura namunalari, turli xildagi manzaralariga oid ijod namunalari bilan ishtirok etish
imkoniyatiga ega.

-Jannatmakon Farg‘onam bu yo‘nalishda fotosur’atchilar
Farg‘onaning go‘zal maskanlarini o‘zida aks ettiruvchi sur’atlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Eslatma: Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita xulosasiga qarab aniqlanadi.

G‘oliblarni taqdirlash:

-Mukofot jamg‘armasi 100 mln.ni tashkil qiladi. Tanlov gʼoliblari 30-
iyun “Yoshlar kuni” arafasida Yoshlar ishlari agentligining I,II,III darajali diplomi, statuetkasi va har uch yo‘nalishda:
-I o‘rin sohiblariga zamonaviy smartfon (Iphone 13 Pro);
-II o‘rin sohiblariga zamonaviy noutbok ( cori 7);
-III o‘rin sohiblariga zamonaviy planshet (Samsung Tap S7) estalik
sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Muhim: Tanlov may-iyun oylarida o‘tkaziladi. G‘oliblar esa 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida munosib taqdirlanadilar. Ijodiy ishlarni @UniqueUzbekistan Telegram manziliga fayl formatda yuborish lozim.

Batafsil rasmiy ma’lumotlarni Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rasmiy telegrm kanali orqali olishingiz mumkin. Shuningdek, Nizom bilan ham bu yerdan tanishib chiqisgingiz mumkin.