Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

5.11.2021 23:22
AQSH: Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan  grant dasturi

Muddati:

01.02.2022

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

iss.tamu.edu

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Texas A&M universiteti (Texas A&M, A&M yoki TAMU) - Texas shtatidagi davlat tomonidan ajratiladigan grantlar bo‘yicha moliyalashtiriladigan tadqiqot universiteti. U 1876-yilda tashkil topgan. Texas A&M universiteti Texasdagi birinchi davlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir va hozirgi kunda QS Global World Rankings da eng yuqori sifatli bakalavriat va magistratura dasturlarini taqdim etish vazifasi bilan 168-o‘rinni egallab turibdi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura va magistratura dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa ushbu manzilga ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda murojaat qilinishi talab etiladi:

Qabul talablari:

Nomzodlar universitet dasturlaridan biriga o‘qishga qabul qilinishlari uchun quyidagi talabalarni bajarishlari kerak:

  • SAT 560 ball;

Shuningdek quyidagi til sertifikatlaridan biriga egalik qilishlari kerak:

  • IELTS – 6.0;
  • TOEFL iBT – 80;
  • PTE – 53.

Grantning manfaatli tomonlari:

Texas A&M universiteti talabalarning o‘quv dasturi xarajatlarini qoplash uchun o‘quv grantlari ajratadi.

Batafsil bu yerda