Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yangi darsliklardan foydalanish talabalik paytidan boshlab oʻrgatiladi

31-avgust 09:33
Yangi darsliklardan foydalanish talabalik paytidan boshlab oʻrgatiladi

Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent davlat pedagogik universiteti professor-oʻqituvchilari uchun “4K” modelini qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kurs davomida darslik mualliflari va respublika trenerlari ishtirokchilarga oʻqitishning 4K modeli va uni boshlangʻich sinflarda qoʻllash, oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishning pedagogik yechimlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtib, tajriba almashishmoqda.

Ushbu kursda malaka oshirgan pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari boʻlajak oʻqituvchilarining yangi darsliklardan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini talabalik paytidanoq oshirib borishadi.