Yangi vazir xususiy universitetlar ochishga "taqiq"ni bekor qiladimi? - Otabek Bakirov
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xususiy universitetlar uchun lisenziya berish 9 oydan beri og‘zaki topshiriq asosida to‘xtab qolgan. Bugunga kelib xususiy universitet ochish harakatidagi yuzdan ziyod investorlar nima qilishini bilmaydi. Yer, bino, uskunalarga millionlab dollar pul tikilgan. Olimlar, professorlar, tadqiqotchilar chaqirilgan.
Eng qizig‘i, ma’muriy tarzda lisenziya berish to‘xtatilgandan keyin lisenziyaning qora bozori paydo bo‘lgan. 2022-yilda berilgan lisenziyalarning narxi bir necha million dollarga chiqqan. Bir guruh amaldorlar va ularning ehtimoliy sheriklari lisenziya berishni to‘xtatib qo‘yish orqali millionlab dollar ishlab olish uchun atayin shunday qilishgan, deyish fikridan yiroqman, lekin oqibat shuki, bugun xususiy universitet ochish uchun yagona yo‘l — qonun qoidalarni buzib, kimlarningdir korrupsion harakatlariga sherik bo‘lish orqali o‘tadigan bo‘lib qolgan.
Bu haqda Davlat rahbariga tegishli axborot yetkazilganmi yo yo‘q, bilmayman. Lekin rosmana umid qilamanki, Administratsiyadan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Odil Abdurahmonov tizimdagi faolligini sun’iy ravishda tashkil etilgan bu zararkunandalikni tugatishdan boshlaydi.
deydi iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z telegram kanalida