Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Buyuk Britaniyada magistratura va doktoranturada o‘qish uchun to‘liq grant

27.08.2021 17:47
Buyuk Britaniyada magistratura va doktoranturada o‘qish uchun to‘liq grant

Muddati:

01.10.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.kcl.ac.uk

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

London King‘s College huzuridagi Doktorantura Markazi chet ellik talabalarga quyidagi fakultetlarda kunduzgi doktorlik ilmiy darajasini olishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e’lon qiladi:

  • Hayot va tibbiyot fanlari;
  • Psixiatriya, psixologiya va nevrologiya;
  • Tabiat va matematika fanlari;
  • Hamshiralik, akusherlik va palliativ yordam;
  • Stomatologiya, og‘iz va bosh suyagi fanlari.

Dastur ishtirokchilari 4 yil davomida bepul o‘qish bilan birga tadqiqot olib borishlari mumkin. Grantlar soni 10 ta. Jumladan, yiliga £17,609 miqdorda stipendiya va tadqiqotlar uchun £5000 gacha pul bilan ta’minlanadilar.

MUHIM! Grantlar faqat o‘qishni yoki tadqiqotni 2022-yil 1-iyunda boshlaydigan talabalar uchun.

Talablar:

  • Nomzodlar Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lmaslogi va ingliz tilidan puxta bilimga ega bo‘lishi kerak;
  • Londonning King‘s Collegening yuqori berilgan fakultetlardan birida o‘qish uchun 2021-yil 1-oktyabrgacha ariza topshirgan bo‘lishi lozim;
  • 2022-yil iyun oyida universitetda MPhil / PhD ilmiy darajasini boshlashni rejalashtirishi kerak;
  • 2022 yil 31-yanvargacha MPhil / PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lish uchun qabul taklifiga ega bo‘lan bo‘lishi lozim;

Eslatma! Doktorlik darajasini King kollejida boshlagan talabalar dasturda qatnasha olmaydi. Masofaviy ta’lim dasturlari grant bilan ta’minlanmaydi.Ushbu stipendiyalar 2022 yil iyunidan oldin yoki keyin boshlanishi mumkin emas.

Talablar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Dasturga ariza topshirish va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Ushbu dastur bilan bog‘liq har qanday savol uchun doktorlik tadqiqotlari markaziga murojaat qiling: doktoralstudies@kcl.ac.uk