Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

MEXT(UR)Scholarship : Yaponiyaning APU universitetida to‘liq moliyalashtirilgan holda o‘qish imkoniyati

22.08.2021 16:37
MEXT(UR)Scholarship : Yaponiyaning APU universitetida to‘liq moliyalashtirilgan holda o‘qish imkoniyati

Muddati:

17.11.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

admissions.apu.ac.jp

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

MEXT (UR) - APU tomonidan tavsiya etilgan xalqaro talabalarga beriladi. Ushbu stipendiya Yaponiya Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiya Vazirligi (MEXT) tomonidan xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish va Yaponiya universitetlarida chet ellik talabalarning faol almashinuvini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur davomida ishtirokchilar APU universitetida kontrakt to‘lovlarisiz o‘qiydi. Qolaversa, Yaponiyaga borib-kelish xarajatlari qoplab beriladi va talabalar oylik stipendiya bilan ta’minlanadilar.

Talablar:

  • APU oliygohiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi;
  • Nomzod Yaponiya fuqarosi bo‘lmasligi va u istiqomat qiluvchi mamlakatning Yaponiya bilan diplomatik aloqalari bo‘lishi;
  • 1987-yil 2-apreldan keyin tug‘ilgan bo‘lishi;
  • O‘zlashtirishning o‘rtacha bahosi (GPA) 3.00 ballik tizimda eng kamida 2.30 bo‘lishi kerak;

Batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Muhim. APU universitetiga qabul talablari dastur bo‘yicha farq qilsihi mumkin. Dasturga ariza topshirishdan avval ushbu ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Ariza topshirish uchun esa ushbu havolaga o‘ting.

Foydali tomonlari:

  • APU tomonidan 100% o‘qish puli qoplab beriladi;
  • Yashash xarajatlari uchun oyiga 144,000 JPY (miqdori o‘zgarishi mumkin) pul ajratiladi;
  • Sayohat (o‘zining davlati va APU o‘rtasida) uchun xarajatlari qoplanadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Qo‘shimcha savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.