Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

THE ATLAS CORPS PROFESSIONAL DEVELOPMENT PROGRAMS: AQSH da amaliyot dasturi

30.08.2021 00:34
THE ATLAS CORPS PROFESSIONAL DEVELOPMENT PROGRAMS: AQSH da amaliyot dasturi

Muddati:

31.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

atlascorps.org

Grant turi:

Internship, Malaka oshirish

Umumiy tavsilotlar:

Amerikaning Atlas Corps notijorat tashkiloti ayni vaqtda oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarning salohiyatni oshirish bu ijtimoiy muammolarni hal qilishning eng muvaffaqiyatli usullaridan biri ekanligini targ‘ib qilgan holda bakalavriat bosqichini tugatgan nomzodlar uchun 12-18 oy davomidagi amaliyot o‘tash grant dasturini e’lon qildi.
Grantning foydali taraflari:
- asosiy xarajatlarni qoplash uchun oylik stipendiya (turar joy, ovqatlanish, jamoat transporti, uyali aloqa xarajatlari);
- aviachiptalar uchun to‘lov (qaytish);
- viza uchun hujjatlarni taqdim etish va viza xarajatlarini qoplash;
- asosiy tibbiy sug‘urta;
- dastur bilan bog‘liq xalqaro va ichki safarlarni tashkil etish.

Shaharlar bo‘yicha oylik stipendiyalarning taxminiy hajmi:
Boston: 1874 dollar, Chikago: 1657 dollar, Nyu -York: 1693 dollar, San -Frantsisko: 2150 dollar, Vashington, DC: 1657 dollar.

Grantga da’vogarlar:

  • Bakalavriat yoki unga tenglashtirilgan diplomga ega bo‘lish ;
  • Yoshi 22 dan 35 yoshgacha, stipendiya olish vaqtida nomzodlar kamida 35; yoshda bo‘lishi kerak (stipendiya egasi dastur tugashidan oldin 36 yoshda bo‘lmasligi kerak);
  • Notijorat sohasida tajribaga ega bo‘lishi (2 yildan 10 yilgacha);
  • Og‘zaki va yozma ingliz tilini mukammal bilish;
  • Dastur tugaganidan keyin uyga qaytish majburiyatini olish;
  • AQSh fuqaroligiga ega emas (yashash joyi);

Dasturga qabul jarayoni:

  • Nomzodlar ushbu sahifadan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak hamda kamida bakalavriat diplomi nusxasi va 2 ta tavsiyanoma joylashlari kerak;
  • Ikkinchi bosqichga taklif etilgan nomzodlar bilan intervyu olinadi;
  • Intervyu bosqichidan o‘tgan nomzodlar Atlas Corps Fellowship uchun yoki Virtual Leadership Institute uchun semi-finalistlar hisoblanishadi, shuningdek nomzodlarning qiziqishlariga ko‘ra ular ushbu dasturlarda qatnashishga taklif etilishadi;
  • Eng so‘nggi bosqichda tashkilot tomonidan o‘zlari uchun kerakli o‘rinlar e’lon qilinadi va unga munosibman degan semi-finlistlar topshirishadi. Shundan so‘ng ushbu o‘rinlar uchun munosib bo‘lgansemi-finalistlar Sype orqali suhbatdan o‘tadilar;
  • Shundan ham saralangan nomzodlar Atlas Corps bosh offisiga jo‘natiladi hamda nomzodlar shu yerda malaka o‘tashlari mumkin;

2022 yilgi dasturda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati - 2022 yil sentyabr va oktyabr.

Siz bu erga murojaat qilishingiz mumkin: apply@atlascorps.org hamda ko‘p beriladigan savollarga bu yerdan javob topishinggiz mumkin;

Teglar