Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTM’lar - 2021

25.07.2021 23:30
Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTM’lar - 2021

O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2021 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori (12- va 19-q/q -son, 24.03.2021 y.) bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlar reytingi asosida tuzildi:

  • ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
  • THE – Times Higher Education;
  • QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikasiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Ro‘yxat bilan ushbu fayl orqali tanishishingiz mumkin: